01 apr 17:18
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Prezident maslahatchisi sportchilarimizga omad tiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolarining karantin vaqtini qanday o'tkazayotganini bilish maqsadida Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati bilan telefon orqali muloqotda bo'ldi.
Muloqot chog'ida qo'mita rahbari sportchilar uchun har bir daqiqa g'animat ekani, shunday sinovli kunlarda ularning oila bag'ridan uzoqlashmasdan mashg'ulotlarni olib borayotgani, jarayonlarni kuzatib borish uchun murabbiylar tayinlanib, ular masofaviy tarzda ishlayotgani haqida malumot berdi.
O'z navbatida, Prezident maslahatchisi sportchilarimizning jismoniy va ruhiy ahvoli davlatimiz rahbarining doimiy etiborida ekani, ular to'laqonli mashg'ulot olib borishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi. Muloqot yakunida A.Abduvohidov yurtimiz sportchilariga sog'liq, kelgusi musobaqalarda omad hamroh bo'lishini tiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar