So’nggi yangiliklar

15:17Мареска АПЛ рекордини ўрнатди 0 14:46Бугун уч нафар боксчимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 14:15Мадримовнинг вазнидаги Фундора WBC чемпионлик камарини ҳимоя қилди 0 13:44Жаҳон чемпионатида йўқотишсиз одимлаяпмиз. Беш нафар боксчимизнинг барида ғалаба! 0 13:13Бекхэм ФИФА президентлигига номзод бўлиши мумкин 0 12:42Полина Кудерметова Ningbo Open турнирининг асосий тўрига йўл олди 0 12:11Aktau Asian Open 2026. Бугун 14 нафар дзюдочимиз татамига чиқади. Вакилларимизнинг бари қозоғистонликларга қарши баҳс олиб боради 0 11:40Нокаутлар оқшомига айланган UFC Fight Night 291 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 11:09Камолиддин Тожиев: "Ҳакамлар "Пахтакор" зарарига истаганча нотўғри қарорлар чиқаришмоқда" 0 10:38Дияр Нургожай UFC'даги кейинги жангини Қатарда ўтказади 0 10:17Ўн иккита "финиш" қайд этилган UFC Fight Night 291 турнирнинг барча натижалари 0 09:46Aktau Asian Open 2026. Биринчи кун 6 та медаль қўлга киритдик, 3 таси олтин! (+ФОТО) 0 09:15Мессининг дубли "Интер Майами"га "Атланта"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:44Жалолов рингга чиққан оқшомнинг асосий жанги иккинчи раундда тўхтатилди 0 08:13Хоакин Баклини нокаут қилишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

20 jan 18:06
Yangiliklar

Boshqalar

Prezident SHavkat Mirziyoev sport sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2026 yil uchun mo'ljallangan vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Sport sohasidagi ishlar sarhisobi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Prezident SHavkat Mirziyoev 20 yanvar kuni sport sohasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar, yirik musobaqalar natijalari hamda 2026 yil uchun mo'ljallangan vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, sportda yaxlit tizim yaratilgani o'zining amaliy natijalarini bera boshladi.

Aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 million nafarga etdi, sport bilan doimiy shug'ullanuvchilarning soni so'nggi yillarda qariyb 1,5 barobarga oshdi.

O'tgan yili yoshlarimiz jahon universiadasida 13-o'rin, Bahrayndagi Yoshlar o'yinlari va Saudiya Arabistonidagi Islom birdamligi musobaqasida 2-o'rin, BAAdagi Yoshlar Paraosiyo o'yinlarida 1-o'rinni egalladi.

Futbol bo'yicha milliy terma jamoamiz ilk bor jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi, joriy yil shaxmatchimiz Javohir Sindarov esa “Jahon toji” uchun nomzodlar turnirida ishtirok etadi.



SHu bilan birga, bu natijalar bilan cheklanib qolmaslik, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan sharoitlardan to'liq foydalanish zarurligi takidlandi. Ayrim sport turlari bo'yicha natijalar hali mavjud infratuzilma va salohiyatga to'liq mos kelmayotgani ko'rsatib o'tildi.

Eng avvalo, ommaviy sport bilan shug'ullanuvchilarning sonini yaqin istiqbolda 17 million nafarga etkazish zarurligi qayd etildi.

Xalqaro sport o'yinlari va Olimpiadalar uchun munosib zaxira yaratish maqsadida tashkil etilgan Prezident Olimpiadasi orqali ochiq va shaffof selekciya tizimini yo'lga qo'yishni davom ettirish muhim ekani ko'rsatib o'tildi.

Birinchi musobaqada 103 ming nafar sportchi ishtirok etdi, final bosqichida 11 ta sport turi bo'yicha 3 mingdan ortiq sportchi 135 ta oltin, 134 ta kumush va 227 ta bronza medali uchun bellashdi.

Endilikda musobaqalarni yiliga 2 marta o'tkazish va hududlarda 13-14 yosh toifasida tashkil etish, sport turlarining sonini bosqichma-bosqich 20 taga etkazish topshirildi.

SHuningdek, o'tgan yili Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markazi foydalanishga topshirilgani sport sohasida muhim tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Hozirgi kunda Olimpiya shaharchasiga 17 ta olimpiya sport federaciyasi va boshqa sport tashkilotlari ko'chib o'tgan. Endi ushbu majmualar o'zbek sportining milliy timsoli va yagona klasteriga aylanishi lozimligi takidlandi.

Sport sohasini yanada rivojlantirishda ilmiy yondashuvni kuchaytirish masalalariga alohida etibor qaratildi. Takidlanganidek, yuqori sport natijalariga erishish nafaqat infratuzilma va musobaqalar, balki sport fanining barcha yo'nalishlarini tizimli rivojlantirish bilan bevosita bog'liq.

Bu borada sport farmakologiyasi, dietologiya, funkcional va jismoniy tayyorgarlik, reabilitaciya hamda yuklamalarni individual rejalashtirish bo'yicha zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish vazifalari belgilandi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, sport sohasidagi ilg'or ishlanmalar va so'nggi tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada ilmiy anjumanlar va konferenciyalar o'tkazish orqali tajriba almashinuvini kuchaytirish muhim ekani takidlandi.

SHu bilan birga, sport sohasini rivojlantirishga xususiy sektor va investorlarni keng jalb etish, sport infratuzilmasi, tayyorgarlik markazlari va sport xizmatlari bozorida investiciya loyihalarini qo'llab-quvvatlash kerakligi aytildi.

Yoshlarni ommaviy sportga jalb etishda sport maktablarining mahallalargacha kirib borishini taminlash, iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash tizimini mustahkamlash zarurligi alohida qayd etildi.

Joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sport tadbirlari haqida axborot berildi.

Xususan, Butunjahon suzish federaciyasi Ijroiya byurosi yig'ilishi, Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA) yig'ilishi va xalqaro forum, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasiga mezbonlik qilish rejalashtirilgani qayd etildi.

Osiyo olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo'lib, Osiyo qitasida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi va 45 mamlakat milliy olimpiya qo'mitasi unga azo hisoblanadi. Bosh assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yo'nalishlarini belgilash hamda kengash prezidenti lavozimiga saylov o'tkazish ko'zda tutilgan.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federaciyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishi, jami 360 nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.


Davlatimiz rahbari ushbu tadbirlarni yuksak saviyada o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha topshiriq berdi.

So'nggi yillarda O'zbekiston kurash sport turlari bo'yicha mintaqada ham, jahon miqyosida ham barqaror va kuchli poziciyani egallamoqda. Endilikda bu sportni yanada ommalashtirish uchun Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi tashkil etilishi belgilandi.

SHuningdek, joriy yildan boshlab Prezident kubogi, “O'zbekiston botirlari” turniri, Bosh prokuror kubogi, harbiy xizmatchilar o'rtasida kurash sport musobaqalari doimiy o'tkazib boriladi. 2026 yilda hududlarda qurilayotgan maktablarda milliy kurash bilan birga yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo'yicha sportchilarni tayyorlash boshlanadi. Yil yakuniga qadar har bir tuman va shaharda kamida bittadan maktabda kurash sporti klublari ochiladi.

Davlatimiz rahbariga joriy yil Italiyada bo'lib o'tadigan XXV qishki Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasining ishtiroki bo'yicha ham axborot berildi.

Prezidentimiz belgilangan vazifalarni to'liq va sifatli bajarish, sportni ommalashtirish hamda xalqaro maydonda barqaror natijalarga erishishni taminlash bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing