03 noy 18:20
Yangiliklar

Professional bokschimiz Nazarov Vetnamda himoya jangini o'tkazdi
Bu safar hamyurtimizga tailandlik Saivat Buadkratok raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Jang yakuniga ko'ra hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va o'taengil vazn toifasida o'zining WBO Oriental kamarini himoya qildi.
Qayd etish lozimki, Nazarov ayni paytda o'z vazn toifasida (-50,80 kg) WBO yo'nalishida 14-o'rinni egallab turibdi.
Bu Olimjon uchun prof ringdagi 25-jang edi. Bugungi jangda u faoliyatidagi 20-g'alabasini qo'lga kiritdi (11 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan. Tailandlik bokschining o'tkazgan janglari soni esa 34 taga etdi. U bungacha 32 marotaba g'alaba qozongan (20 ta nokaut). Olimjonga qarshi jangda esa u faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar
Ким чемпионлик камарини химоя килди экан дебман.
Очиб укишга арзимайди