03 apr 18:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Bob Arum koronavirus bokschilar faoliyatiga qanday tasir qilishini aytdi
Amerikalik taniqli promouter Bob Arum koronavirusning boksga tasiri haqida gapirdi.
"Men kelajakni oldindan aytishni istardim, ammo bunday imkon menda yo'q. Bularning barchasi qachon yakunlanishini xech kim bilmaydi. Asosiysi, koronavirus ustidan g'alaba qozonib, oddiy hayot tarziga qaytib olishdir.
Koronavirus bokschilarga qanday tasir qiladi? Bunga bokschilarning faoliyatidagi yo'qotishdek qarash kerak. Ular butun umr sevgan ishlari bilan shug'ullana olmaydilar. Ularning faoliyatida tanaffus bo'lishi kerak emas, ular yaxshigina vaqt yo'qotishmoqda", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, koronavirus sabab ko'plab boks janglari boshqa muddatga qoldirildi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar