01 apr 14:51
Yangiliklar

Promouter: Koronavirus yirik janglar tashkil etilishini tezlashtiradi
Uning fikricha, koronavirus boks biznesini o'zgartiradi.
"Ushbu vaziyat bizga xech narsa kafolatlanmaganligini ko'rsatadi. Bo'ladigan ishni ortga surish yaramaydi. Bokschilar yirik janglar keyin emas, aynan hozir tashkil etilishi lozimligini tushunishmoqda. CHunki bu eng oxirgi virus bo'lmasligi ham mumkin.
Agar bokschilar jang qilishmasa, pul ishlay olishmaydi. Uzoq tanaffusdan so'ng barcha maksimal ravishda pul ishlab olishni istaydi. Faqat katta janglar bunday imkoniyatni beradi.
Epidemiya yakunlanganidan so'ng har bir sport turi muxlislar etibori uchun kurashadi. Biz faqatgina yaxshi maxsulot tayyorlab, ularning etiborini o'zimizga qaratib olishimiz mumkin. Ular o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan janglar bo'ladi", - dedi Eddi Xirn.
Fikrlar