23 iyu 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Tayson va Fyuri jangini tanqid qildi
Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren Mayk Taysonning ringga qaytishini tanqid qildi.
"Aytishlaricha, Mayk Tayson Tayson Fyuriga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazar ekan. SHunday gap-so'zlar bo'lgandi, lekin men bilan emas. To'g'risi, bu men uchun qiziq bo'ladi deya olmayman.
Mayk qaridi, u Denni Uilyams va Kevin Makbrayd kabi bokschilardan mag'lub bo'lganidan so'ng kuchayib ketgani yo'q. To'g'risini aytaman, men bularning barchasiga qarshiman.
Mayk Evander Xolifild, Roy Jons yoki Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi. Bu noto'g'ri. Ular bu ishni qilmasliklari kerak. Albatta, buni ko'rish uchun pul to'lashga tayyor ahmoqlar topiladi", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : Metro.co.uk
Fikrlar