13 sen 18:20
Yangiliklar
PSJ Messi va Ramosning saviyasi pasaymasa, ular bilan shartnomalarni 2 yilga uzaytirishi mumkin
"L’Équipe" xabariga ko'ra, Franciya klubi himoyachilar Markinos, Presnel Kimpembe va Serxio Ramos, yarim himoyachi Marko Verratti va hujumchi Lionel Messi bilan kelishuvni uzaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, PSJning sport bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush Messi va Ramosga ikki yil muddatga yangi bitim taklif qilishga tayyor. Bu ularning o'yini saviyasi pasaymasa sodir bo'ladi. Ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar hisoblangan.
Xabar qilinishicha, Markinos va Verratti bilan yangi bitimlar borasidagi muzokaralar PSJ sobiq sport direktori Leonardo davrida boshlangan. Agar ilgari erishilgan kelishuvlar o'z kuchini saqlab qolsa, u holda PSJ tez orada Markinos va Verratti bilan shartnomani uzaytirishi mumkin bo'ladi.
Fikrlar