14 fev 09:44
Yangiliklar
Futbol
PSJ "Renn"ga mag'lub bo'ldi, "Lans" birinchi o'ringa ko'tarilishi mumkin
Franciya Liga 1 chempionati 22-tur doirasidagi "Renn" - PSJ o'yini kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Musa Tamari 34-daqiqada hisobni ochdi. Esteban Lepaul 69-daqiqada hisobni oshirdi. Usmon Dembele 2 daqiqada so'ng hisobni qisqartirdi, ammo 81-daqiqada Breel Embolo tomonidan urilgan gol bahs taqdirini hal qildi.
PSJ 22 turdan so'ng 51 ochko bilan Liga 1 jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyin kelayotgan va hali o'z o'yinini o'tkazmagan “Lans” 49 ochkoga ega.

Havola :
Fikrlar