13 okt 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev: "Bu safar Klichkoga qarshi jangdan yaxshiroq tayyorlandim"
Superog'ir vazn toifasida chempionlik uchun davogar hisoblanadigan Kubrat Pulev Joshuaga qarshi jang oldidan 2014 yilda Vladimir Klichkoga qarshi to'qnashuvni esga oldi.
"Endi-endi Klichkoga qarshi bo'lib o'tgan o'sha jangda yaxshi tayyorlana olmaganimni tushunib etdim. Balki, o'shanda juda yosh bo'lgandirman. Lekin, endi tayyorgarligim juda yaxshi. O'zimni kuchliroq his qilmoqdaman. Men tayyorman", - deydi bolgariyalik bokschi.
Malumot uchun, 2014 yilda ham u chempionlik kamari uchun davogar sifatida jang o'tkazgandi. Ammo, Vladimir Klichko o'sha jangda uni nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar