23 noy 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulning kuchi! 57 yoshli Xolifild ham boksga qaytmoqchi
Amerikalik sobiq jahon chempioni, taniqli bokschi Evander Xolifild Riddik Bouga qarshi jang uchun ringga qaytmoqchi.
57 yoshli Xolifild ringdagi so'nggi jangini 2011 yilda daniyalik Brayan Nilsenga qarshi o'tkazgandi.
"Umid qilamanki, bu amalga oshadi. Riddik Bouga qarshi jang qilgan bo'lardim. Biz do'stlarmiz.
Jang uchun olinadigan pullar haqida gap ketganida, uch raundlik jang uchun etarli miqdorda", - dedi Xolifild.
Malumot uchun, Xolifild prof boksda 57 ta jang o'tkazib, 44 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan. Yana ikkita jangda durangga erishgan bo'lsa, bitta to'qnashuvi amalga oshmagan deb qayd etilgan.
Havola :
Manba : World Boxing News
Fikrlar