07 iyu 10:01
Yangiliklar

Pyotr Yan chempionlik jangi oldidan koronavirus uchun uchta test topshirdi
Yan 11 iyul kuni Yasdagi "Janglar oroli"da braziliyalik sobiq jahon chempioni Joze Alduga qarshi vakant bo'lib turgan UFC chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tariladi.
"Ha, men koronavirus uchun uchta test topshirdim. Hozir jamoam bilan birga tahlil natijalarini kutyapmiz. O'zimni juda yaxshi his qilyapman. To'g'ri, noqulayliklar bor. Lekin bir narsani utunmaslik kerak, hozir hamma bir xil sharoitda. Tashkilotchilar vaziyatni nazorat qilishyapti.
Avvaliga bizni alohida-alohida xonalarga joylashtirishdi. Hozir murabbiyim bilan bitta xonadamiz. Jang oldidan bu narsa juda ham muhim. Raqibni o'rganyapmiz, jang uchun taktika ishlab chiqyapmiz. Har kuni engil mashg'ulot o'tkazyapmiz", — deya Yanning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Fikrlar