16 iyu 08:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan samolyot bortida chempionlik kamari bilan + FOTO
Eng engil vazn toifasida UFCning yangi chempioni Pyotr Yan "Instagram"dagi sahifasiga surat joyladi.
Rossiyalik chempion buyurtma qilingan shaxsiy samolyotda UFC chempionlik kamarini quchoqlab yotgan suratini ijtimoiy tarmoqqa yuklagan.
"Bu kamar yo'lida katta hajmdagi ish bajarildi. Endi shu kamarga munosib ekanimni har bir jangda isbotlashim kerak bo'ladi. Oldinda meni sarguzashtlar kutmoqda. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat!", — deya surat ostida izoh qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan yakshanba kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da o'tgan UFC 251 turnirida sobiq chempion, braziliyalik Joze Aldoni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, kamar sohibiga aylangan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar