24 iyu 21:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Tailandda ko'zi yorigan rafiqasi hamda yangi mehmonni "roddom"dan olib chiqdi + FOTO
Engil vaznda rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan oilasida ikkinchi farzand dunyoga kelgan edi.
Yanning turmush o'rtog'i Tailanddagi tug'ruqxonalarning birida ko'zi yorigandi. Bugun Pyotr rafiqasi bilan farzandini tug'ruqxonadan olib chiqdi. Yangi mehmonga Konstantin deya ism berishgan.
"Biz uyga qaytdik. Tez orada Vatanga uchamiz", — deya "Instagram"da xabar va surat qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Yan kelasi oy braziliyalik Joze Alduga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang chempionlik maqomida bo'ladi. Genri Sexudo faoliyatini yakunlaganidan so'ng ushbu vazndagi chempionlik kamari vakant bo'lib qolgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar