12 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yanning navbatdagi raqibi kim bo'ladi? UFC prezidenti javob berdi
UFC prezidenti Dena Uayt bugun engil vazn toifasida yangi chempionga aylangan Pyotr Yanning keyingi raqibi haqida berilgan savolga javob berdi.
Xabaringiz bor, bugun rossiyalik UFC jangchisi sobiq jahon chempioni Joze Aldoni beshinchi raundning o'rtalarida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
"Yanning keyingi raqibi Aljameyn Sterling bo'ladimi? Ochig'i, bilmadim. Bu masalada yaqin kunlarda gaplashamiz", — dedi Uayt bugungi UFC 251 oqshomidan keyingi matbuot anjumanida.
Avvalroq, aynan Dena Uaytning o'zi Pyotr Yan — Joze Aldo jangi g'olibi Sterlingga qarshi oktagonga chiqadi degan edi.
Havola :
Fikrlar