So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

31 mar 16:00
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Qadimgi Yunonistonda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari haqida qiziqarli faktlar

Malumki, Olimpiya o'yinlari XIX asrda emas, balki Qadimgi Yunonistonda, antik davrdayoq o'tkazilgan.

Zamonaviy Olimpiya harakatining tarixiga esa 120 yildan oshdi (1894 yilda Olimpiya o'yinlarini qayta tiklash bo'yicha Kongress o'tkazilgan), Qadimgi Olimpiya o'yinlari tarixi ming yildan ortiqroq davrni o'z ichiga oladi. Bugun biz sizlarga Qadimgi Yunonistonda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari haqida qiziqarli faktlardan bir nechtasini keltirib o'tmoqchimiz.

Birinchi Olimpiya o'yinlari miloddan avvalgi 776 yilda bo'lib o'tgan. Biroq ko'pchilik tarixchilarning fikricha, Olimpiada undan oldin xam o'tkazilgan bo'lishi mumkin.

O'sha vaqtlarda Olimpiada faqat bir kun davom etgan. Malum muddat o'tgach, bu vaqt 5 kungacha cho'zilgan. Xar bir kun malum bir musobaqa uchun ajratilgan. Dastlabki Olimpiya o'yinlarida faqatgina bitta musobaqa – yugurish bo'lgan (192,27 metr masofaga). Asta-sekin Olimpiya dasturlariga yangi musobaqalar – disk uloqtirish, kurash, aravachalar poygasi, uzoqqa sakrash va kuch sinashish kabilar kiritilgan.

Qadimgi Yunonistonda o'tgan Olimpiya o'yinlari o'ziga xos milliy ruhda tashkil etilgan. Bundan tashqari, faqat ozod tug'ilgan yunonlargina musobaqalarda qatnashish va ularni tomosha qilish huquqiga ega bo'lgan. Olimpiada musobaqalariga ayol kishilar kirishi va ishtirok etishi qatiyan taqiqlangan. Faqatgina bitta ayol – Demetra ibodatxonasining xizmatchisi kirishi mumkin bo'lgan, buning uchun unga alohida joy hozirlangan.

Zamonaviy sportda qoidani buzganliklari uchun atletlarga qizil yoki sariq kartochka berishlari, to'plagan ochkolarini olib tashlashlari, diskvalifikaciya qilishlari mumkin. Avvallari esa bunday bo'lmagan. Qadimgi greklar juda qattiqqo'l bo'lishgan. Masalan, biror atlet startga ertaroq chiqsa, uni tayoqlar bilan savalashgan. Musobaqa ishtirokchilari nosog'lom raqobat qilsa, qoidalarni buzsa, uni toshbo'ron qilishlari va hatto o'ldirib yuborishlari ham mumkin bo'lgan. Qoidalarga rioya qilmaslik Zevsga (Qadimgi Yunon xudosi) nisbatan hurmatsizlik deb baholangan.

394 yilda Rim imperatori Feodosiy I Olimpiya o'yinlari o'tkazishni taqiqlagan. Rimliklarning fikricha, Olimpiada xristian dinining greklar orasida tarqalishiga salbiy tasir ko'rsatgan (to'sqinlik qilgan).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing