09 may 14:44
Yangiliklar
Tennis

Qarshi "CHellenjer". Humoyun Sultonov chorak finalda!
Qarshi shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Tennis yangiliklarining xabar berishicha, turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini davom ettirayotgan yagona tennischimiz Humoyun Sultonov bugun nimchorak final o'yinini o'tkazdi.
Ushbu bosqichda tennischimizga ispaniyalik Mario Vinella Martines raqiblik qildi. 1 soat 8 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun 6:1, 7:5 hisobida g'alaba qozondi va chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar