27 avg 16:37
Yangiliklar
Qarshida voleybol bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi
O'zbekiston voleybol federaciyasi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada 2001 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'g'il bolalar jamoalari ishtirok etdi.
Ochiq turnirda mezbonlardan tashqari Farg'ona, Navoiy, Samarqand viloyati jamoalari, shuningdek, Namangan va Jizzax viloyatlaridan ikkitadan jamoa hamda qo'shni Qozog'iston Respublikasidan kelgan 100 nafarga yaqin sportchilar g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi.
Musobaqa yakunida Navoiy viloyat jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Qashqadaryolik voleybolchilar ikkinchi, Qozog'iston jamoasi uchinchi o'rinni egalladi.
Saynabiev Nurbek (Qashqadaryo viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi matbuot kotibi), Faxriddin CHoriev, Qarshi shahridan
Fikrlar