09 okt 13:50
Yangiliklar
Futbol

"Qayrat" CHempionlar Ligasidagi ikkita mag'lubiyatdan qancha ishlab oldi?
Olmaotaning "Qayrat" jamoasi CHempionlar Ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi, qozog'istonliklarni ranjitgan jamoalardan bir "Real" bo'ldi.
Ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, klub turnirda qatnashish orqali katta daromad oldi.
UEFA reglamentiga ko'ra, guruh bosqichiga chiqishning o'zi klubga 15,64 million evro daromad keltiradi. Bonuslar ham hisobga olinadi: jamoa har bir g'alaba uchun 2,1 million evro, durang uchun esa 700 ming evro oladi.
SHunday ekan, ikki turdan keyin "Qayrat" kamida 20,25 million evro ishlab topdi – bu summa asosiy bonus va o'yinlarda qatnashish uchun qo'shimcha to'lovlardan iborat.
Maydonda esa vaziyat hamon chatoq: olmaotaliklar birinchi turda Lissabonning "Sporting"iga mehmonda (1:4), ikkinchi o'yinda Olmaotada "Real"ga (0:5) imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Fikrlar