29 sen 15:02
Yangiliklar
Futbol

"Qayrat" va "Real" o'rtasidagi tarixiy o'yinning bosh hakami malum
Bu tarixiy uchrashuv Qozog'iston futboli uchun Evropa masshtabida o'tkaziladi.
CHempionlar Ligasi 2-turidan o'rin olgan "Qayrat" – "Real" bahsini Marko Guida boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bu 43 yoshli hakam uchun nufuzli klub musobaqasidagi ilk tajriba emas va UEFA unga kuzning eng kutilgan uchrashuvlaridan birini boshqarish vazifasini ishonib topshirgan.
O'yin 30 sentyabr kuni Olmaotadagi "Ortaliq" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, "Qayrat" ilk turda Lissabonning "Sporting" jamoasiga mehmonda 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Madridning "Real" jamoasi "Santyago Bernabeu"da "Marsel"ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Fikrlar