So’nggi yangiliklar

14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0

07 fev 12:43
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Qishki Olimpiada. O'zbekiston sport delegaciyasi Janubiy Koreyaga etib bordi

Janubiy Koreyada o'tkaziladigan qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston sport delegaciyasi o'yinlar bo'ladigan Pxenchxan shahriga etib bordi.

Koreyada delegaciyamizni tashkiliy qo'mita vakillari va bir guruh o'zbekistonlik sport muxlislari kutib oldilar. 

Ertaga, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegaciyasi Olimpiya shaharchasida O'zbekiston Respublikasining davlat  bayrog'ini ko'tarish rasmiy marosimida ishtirok etadi. 9 fevral kuni esa Pxenchxanda XXIII qishki Olimpiadaning tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi. Mazkur tadbirda ham MOQ Prezidenti bevosita qatnashadi.


Figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge ayni paytda AQSHda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirayotgani sababli, Janubiy Koreyaga 11 fevral kuni etib boradi. U 16 fevral kuni “Gangneung Ice Arena” muz saroyida figurali uchishning qisqa dasturida chiqish qilsa, 17 fevralda erkin dasturda o'z omadini sinab ko'radi. 

Komiljon To'xtaev 18 fevral kuni tog' chang'isining gigant slalom bahslarida ishtirok etadi. 22 fevralda esa slalom bo'yicha musobaqada qatnashadi. Tog' chang'isi bo'yicha bellashuvlar “Yongpyong Alpine Centre” majmuasida bo'lib o'tadi. 

Qayd etib o'tishimiz lozimki, qishki Olimpiya o'yinlarida sportchilarimizdan tashqari hakamimiz ham ishtirok etadi. Figurali uchish bo'yicha Xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova o'yinlarda hakamlik vazifasini bajaradi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi mazkur o'yinlarda ishtirok etadigan vakillarimizga omad tilaydi!


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
07 fev 13:19:51
Zaur Axmed
омал=д тилеман
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing