15 fev 13:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika, Olimpiya o'yinlari			    
				 
				
			 
				Qishki Olimpiya o'yinlari chempioni Useyn Boltga "vyzov" tashladi
CHang'i poygalari bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Yoxannes Klebo afsonaviy sprinter Useyn Boltga 100 metrli sprintda chaqiruv tashlamoqchi.
			"Men Boltning taklifi haqida eshitganman. U xar bir Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lib, o'zining mashxur "jest"ini takrorlagan sportchiga shampan vinosini vada qilgan edi. Balki men ham shunga o'xshagan narsa xaqida o'ylab ko'rsammikan.

Agar u menga qarshi Nyu-York markaziy bog'ida 100 metr masofaga yugurish yo'lakchasiga chiqsa, men esa chang'ida bo'lsam, undan shampan vinosini qabul qilishga tayyorman. Faqat buning uchun juda ham sirpanchiq qor kerak bo'ladi. O'ylashimcha u shunda ham yugura oladi"- deydi Klebo.

            Havola            :         
                    Manba                : sports.ru
             
			
Fikrlar