So’nggi yangiliklar

10:46IBF Фрэнк Санчеснинг чемпионлик жанги учун буйруқ берди 0 08:42Тайсон Фьюрининг навбатдаги жанги тасдиқланди. Кутилмаган рақиб! + ПОСТЕР 0 08:11Мбаппе Франциянинг йирик ғалабасидан сўнг фикр билдирди 0 23:45"Уимблдон-2026". Полина Кудерметова иштирокидаги баҳс 73 дақиқа давом этди 0 19:35Тимофеева ортиқча қийинчиликсиз "Уимблдон"нинг иккинчи даврасига чиқди 0 19:05Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:26"Реал" ва Перес Венесуэлада жабрланганларга 2 млн евро ажратади 0 17:53Уимблдон. Камилла Раҳимова мусобақани ғалаба билан бошлади 0 17:25Усик сўнгги жангини кимларга қарши ўтказиши мумкинлиги айтилди 0 16:33"Жангни қабул қил". Хамзат Чимаев Шон Стриклендга мурожаат қилди 0 15:50"Буни сунъий интеллект деб ўйладим". WBC президенти Усикнинг камарлардан воз кечиши ҳақида гапирди 0 14:45Нагельсман ЖЧ-2026да Германиянинг Парагвайдан учраган сенсацион мағлубияти сабабларини айтди 0 14:03Нурсултон Рўзибоев жанг қилаётган вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 13:26Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 12:58ИНТЕРВЬЮ. Фазлиддин Ғоибназаров пичоқланганмиди? 0

23 jan 17:58
Yangiliklar

Velosport

Qoraqalpog'iston Respublikasida velosiped sporti federaciyasiga yangi rais saylandi

O'zbekiston velosiped sporti federaciya rahbariyati Qoraqalpog'iston Respublikasi (QR) va Xorazm viloyati safarida bo'lib turibdi.

Tashrif doirasida Nukus shahridagi Yoshlar markazida Respublikada velosiped sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda QR jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri Qayratbay Bayniyazov, QR Vazirlar Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Nurullan Erlepesov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jaev, federaciya maslahatchisi Farruh Xudoyqulov, MOQning QRdagi vakili Sansizbay Saparniyazov, Respublika sportchi va murabbiylari ishtirok etishdi.

Yig'ilish kun tartibidan Qoraqalpog'iston Respublikasi velosiped sporti federaciyasiga rais, rahbariyat tarkibi, shuningdek, jamoa bosh murabbiyini saylash kabi masalalar o'rin o'rin oldi. Yakunda QR Vazirlar Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Nurullan Erlepesov Respublika velosiped sporti federaciyasi raisi lavozimiga saylangan bo'lsa, Ernazar Xojanazarov Ijrochi direktor sifatida faoliyat olib boradigan bo'ldi. SHuningdek, jamoa bosh murabbiyligi Fazil Arislanbaevga topshirildi.

Yig'ilish davomida QRda velosiped sportini rivojlantirish, ushbu hudud sportchilarining shug'ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik bazani yaxshilash, yosh sportchilar orasida selekcion musobaqalar o'tkazish orqali ularni Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari saralashiga jalb qilish, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlari uchun iqtidorli sportchilarni tanlab olish, kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing