25 apr 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Qoyil! UFC bir hafta ichida uchta turnir o'tkazadi
Kecha UFC 9 may kuni navbatdagi UFC kechasini o'tkazishini elon qilgandi.
Bugun tashkilot rahbari Dana Uayt 13 va 16 may kunlari ham navbatdagi UFC oqshomlari bo'lishini malum qildi. Turnirlarning barchasiga Florida shtatining Jeksonvill shaharchasida joylagan “Veterans Memorial Arena” mezbonlik qiladi. Hozircha navbatdagi kechalarning markaziy jangida kimlar oktagonga ko'tarilishi malum emas.
Eslatib o'tamiz, UFC 249 kechasining markaziy jangida Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar