So’nggi yangiliklar

18:45АПЛнинг икки топ клуби "Реал" хавбеки Чуаменини нишонга олди 0 18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0

03 iyu 07:00
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Qozog'iston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasi uchun ekipirovkasi taqdim etildi FOTOREPORTAJ

Qozog'iston Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakat terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiadasi uchun liboslar, yani ekipirovkalarini taqdim etdi.

Qozog'istonlik olimpiyachilar Olimpiya o'yinlariga mahalliy hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan liboslarda yo'l olishadi. Yon qo'shnilarimizning Tokio-2020 Olimpiadasi ochilish marosimi uchun maxsus liboslar to'plami dizayneri Salta brendi asoschisi Saltanat Baymuhammedova hisoblanadi. Atletlarning Olimpiada uchun to'liq sport liboslari to'plamini esa Ispaniyaning Joma kompaniyasi taqdim etgan.

Etiborga molik jihati shundaki, Tokio Olimpiadasi uchun ekipirovkalar dizaynini tanlash sportchilarning o'zariga qo'yib berildi. Ular yanvar oyidan to shu kungacha libos materiali, undagi elementlar qanday bo'lishini o'zaro muhokama qilib, yakunda bir qarorga kelishdi. 

Malumot uchun, Joma brendi 55 yildan beri sport olamida faoliyat yuritib kelyapti va ayni paytda dunyoning 120 davlatiga o'z mahsulotlarini etkazib beradi. 

Qozog'iston terma jamoasi delegaciyasi 16 iyul kuni Tokioga jo'nab ketadi. Sportchilar Olimpiada bazasidan ikki haftalik karantinni o'tkazishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing