20 may 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik Agapova UFCda debyut jangini o'tkazadi
Qozog'istonlik 23 yoshli MMA jangchisi Mariya Agapova rasman UFC bilan shartnoma imzoladi.
Agapova dunyoning eng kuchli MMA ligasidagi debyut jangini 13 iyun kuni o'tkazadi. Mariya shu kuni braziliyalik Melissa Gattoga qarshi oktagonga ko'tariladi. Gatto uchun ham bu jang UFCdagi dastlabkisi bo'ladi. .
Malumot uchun, Mariya Agapova MMAda 9 ta jang o'tkazgan bo'lib, 8 tasida g'alaba qozonib, bittasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Oxirgi ikkita jangini Invicta FC promoushenida o'tkazgan. 24 yoshli Gatto esa MMAda 6 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. To'rtta jangni muddatidan avval yakunlanagan.
Havola :
Fikrlar