14 iyu 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik qiz UFCda debyut qildi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 10 turniri bo'lib o'tmoqda.
Oqshom doirasidagi janglarning birida qozog'istonlik MMA vakilasi Mariya Agapova UFCda debyut qildi. 23 yoshli Agapova amerikalik 28 yoshli Xanna Sayfersga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang uzoq davom etmadi va birinchi raundning o'zida yakunlandi. Mariya xaykik hamda bo'g'ish usullari bilan raqibasini mag'lubiyatga uchratdi. Agapova oktagonda o'tkazgan 2 daqiqa 42 soniya ichida 36 ta aniq zarba bera oldi. SHundan 20 tasi Sayfersning boshiga aniq tekkan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar