16 iyu 16:16
Yangiliklar

Qozog'istonlik sportchi UFCdagi muvaffaqiyatsizligi uchun murabbiyini aybladi
"Men uning elkasiga yaxshi zarba bergan vaziyatlarim bo'ldi, lekin oxirigacha ishlab qo'ymadim. Keyin chap qo'l zarbasi yaxshi tushdi. Balki bu kamerada yaxshi ko'rinmas, lekin sen yuzma-yuz turganingda barchasi ko'rinadi. Unga zarba berganimda raqib ko'zini pirpirata boshladi. Keyin hujumni oxirigacha etkaza olmadim, chunki "stoyka"ni o'zgartirgandim.
Agar o'z "stoykam"da turganimda uni nokaut qilgan bo'lardim. Lekin, barchasi ortda qoldi. Barcha shikoyatlar murabbiyimga. U menga "stoyka"ni o'zgartirish kerakligini aytdi - men o'zgartirdim. Men uning ko'rsatmalarini 100 foiz bajargandim", - dedi Jumagulov.
Eslatib o'tamiz, Jumagulov 16 iyul kuni Abu-Dabidagi UFC 251 turnirida braziliyalik Raulian Peyvaga ochkolar hisobida yutqazib qo'ydi.
Fikrlar