24 iyu 16:51
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischi Birmingemda bosh sovringa ega chiqdi
Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida o'tkazilgan WTA 250 toifasiga kiruvi turnir Yuliya Putincevasining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 41-raketkasi bo'lib kelgan qozog'istonlik tennischi final bahsida WTA reytingida 190-pog'onadan joy olgan avstraliyalik Ayla Tomlyanovichdan 6/1, 7/6(8) hisobida ustun keldi. Yuliya tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1.
Bir soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Yashil qita vakilasida ancha ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik Putinceva foydasiga 5 ga 2. Birmingemdagi bir haftalik mehnat Putincevaga 35 250 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosi keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar