11 jan 10:17
Yangiliklar
Tennis
Adelaide International turnirida finalchilar malum
Avstraliyaning Adelaida shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Jessika Pegula musobaqaning bosh sovrini uchun kortga chiqadigan bo'ldi. Amerikalik tennis malikasi Adelaide International 1/2 finalida WTA reytingining 25-pog'onasida borayotgan qozog'istonlik Yuliya Putincevani mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(4), 6/3.
Jessika tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida mutlaq ustunlik bilan oldinda bormoqda - 3:0. To'qson daqiqa davom etgan bahsda Pegula 4, Putinceva 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bir xilda - 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Bugun Pegula musobaqa bosh sovrini uchun vatandoshi Medison Kizga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar