23 sen 15:18
Yangiliklar
Tennis
Qozog'istonlik tennischining 227 km/ soat tezlikda oshirgan to'pi qizaloqqa borib tegdi + VIDEO
Qozog'istonlik tennischi Aleksandr Bublik Gamburgdagi musobaqani g'alaba bilan boshladi.
Albert Ramosga qarshi o'yin vaqtida yoqimsiz holat yuz berdi: Bublikning oshirgan to'pi maydon chetidagi qizchaga borib tegdi. To'p 227 kilometr/soat tezlikda urilgandi. Tennischi tezda bolgyorlning yoniga yugurib borgan va undan uzr so'rab, tennis koptokchasini sovg'a qildi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar