23 iyu 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik UFC jangchisining qachon va kimga qarshi oktagonga ko'tarilishi malum
Qozog'istonlik UFC jangchisi Mariya Agapova 22 avgust kuni oktagonga qaytadi, deb xabar bermoqda MMAFighting.
Nashr xabariga ko'ra, Agapova shu kuni AQSHda SHanna Dobsonga qarshi jang o'tkazadi. Mariyaning jangi UFC Fight Night turniri doirasida bo'lib o'tadi. Dobson UFC promoushenida o'tkazgan so'nggi uchta jangida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Uning MMAdagi jami janglari soni 7 ta bo'lib, shularning 4 tasida g'alaba qozongan.
Mariya Agapova esa MMAda 10 ta jang o'tkazib, 9 tasida zafar quchgan. 2020 yilning fevral oyida UFC bilan shartnoma imzolagan. 13 iyun kuni UFCVEGAS2 on ESPN 10 turnirida debyut jangini o'tkazgan. Agapova shu kuni Xanna Sayfersni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgan edi. Bu g'alabasi uchun UFC tomonidan qo'shimcha bonusga ham ega bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar