10 may 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo IBFning yangilangan reytingida ham o'z o'rnini saqlab qoldi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) may oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov avvalgi oydagi kabi birinchi o'rinni saqlab qolgan. Malumot uchun, u ayni paytda mazkur yo'nalishda chempion Errol Spensning kamariga asosiy davogar hisoblanadi.
Ushbu yo'nalishda shuningdek birinchi yarimo'rta vazn toifasida (-63, 50 kg) SHohjahon Ergashev o'tgan oydagi kabi ettinchi o'rinda qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar