16 iyu 09:39
Yangiliklar

Queen's Club. Saralash orqali asosiy to'rga chiqqan 37 yoshli Mariya musobaqa chempioni!
Musobaqa bosh sovrini 37 yoshli Tatyana Mariyaga nasib qildi. WTA reytingida 86-pog'onada borgan germaniyalik tajribali tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 15-raketkasi, amerikalik Amanda Anisimovani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Tatyana ikkinchi bor ham zafar quchdi - 2:0. Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Mariya 7, Amanda 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, chempion tomonida bo'ldi - 4 ga 2.
Qizig'i, Mariya London turniridagi ishtirokini kvalifikaciya, yani saralash bosqichidan boshlab, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi. Asosiy to'rda ketma-ket Top-30 reytingida borayotgan 5 nafar raqibasini mag'lub etdi.
Olmon tennischisi muvaffaqiyatli ishtirokidan 500 reyting ochkosi va 218,000 dollar mukofot puli ishlab oldi. U yangilangan reytingda Top-50`ga qaytadi. Anisimova esa 325 ochko hamda 134,260 AQSH dollariga ega bo'ldi.
Fikrlar