09 may 16:05
Yangiliklar
Tennis
Rafael Nadal Alcgeymer kasalligiga chalingan 95 yoshli muxlisi bilan uchrashdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Alcgeymer kasalligi aniqlangan 95 yoshli muxlis Manuela bilan uchrashdi.
Manuelaning nabirasi Karlos Twitter`da akciya uyushtirib, barchani kasallik buvisining xotiralariga xavf solishidan avval kumiri bilan uchrashish orzusini ro'yobga chiqarishga chorladi.
Madriddagi «Masters» tashkilotchilari Karlosning tashabbusini qo'llab-quvvatladilar. Natijada, Manuela musobaqaning chorak finalida qatnashdi va o'yindan keyin u Nadal bilan shaxsan uchrashdi.
«Bugun 95 yoshli buvimning orzusi ushaldi: u seni ko'rishni orzu qilardi, Rafa. Uning Alcsgeymer kasalligi bor. U hamma narsani unutishidan oldin, seni ko'rishni istashini aytdi», - deb yozgan Karlos o'z Twitter`ida.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar