21 jan 09:50
Yangiliklar

Rafael Nadal: “Istomin haqli g'alabaga erishdi”
Malumki, hamyurtimiz Denis Istomin Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida dunyoning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovichni mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuvga sababchi bo'lgandi.
Avstraliya Ochiq chempionatining amaldagi g'olibi hisoblangan Jokovichning bu mag'lubiyati yuzasidan dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ispaniyalik mashhur tennischi Rafael Nadal o'z fikrini bildirdi.
“Ochig'i, o'yinni to'liq ko'rmadim. Men o'z jamoam bilan birga mashg'ulot o'tkazayotgandim. Faqat so'nggi geymni tomosha qildim. Endi har doim ham g'alaba qozonavermaysan.
Novak Avstraliya Ochiq chempionatida 6 marta chempion bo'lgan. Ikki hafta avval Dohadagi nufuzli musobaqada ham zafar quchdi. Marreyni finalda engdi. Istomin bilan bahsda shunchaki kutilmagan holat ro'y berdi.
Denis juda yaxshi o'yin namoyish etdi va haqli ravishda g'alaba qozondi. Jokovich esa o'z o'yinini ko'rsata olmadi”, - dedi Nadal.
Fikrlar