13 apr 09:29
Yangiliklar
Rafael Nadal: Yana ozgina mashg'ulot o'tkazishim kerak, ammo men o'z o'yinimdan mamnunman
"Hammasi zo'r, men o'zimni yaxshi his qilyapman va ajoyib o'ynay olaman. Monte-Karloda bir nechta mashg'ulotlar o'tkazdim va o'ylaymanki, men tayyorman. Ha, men so'nggi paytlarda tez-tez kortga chiqmayapman, ammo bu bundan avvalgi muvaffaqiyatlarimga xalaqit bermadi. Men har doim bir xil holatdaman.
Men tuproqli qoplamali kortda o'ynashni yoqtiraman. Monte-Karlo, Barselona, Madrid, Rimdagi turnirlarni va "Rolan Garros"ni yaxshi ko'raman. Men uchun o'zim yaxshi biladigan va yaxshi natija ko'rsatgan joylarda chiqish qilish muhim.
SHunday qilib, endi men uchun juda muhim davr boshlanadi. Yaxshi ishladim deb o'ylayman. Mashg'ulotlar o'tkazishga yana bir necha kunim bor, lekin men o'z o'yinimdan mamnunman. Men yaxshi formadaman va Monakoda o'ynashimdan xursandman. Bu mening sevimli turnirlardan biri ekanligini hamma biladi", - deya Nadalning so'zlarini keltiradi ATP matbuot xizmati.
Fikrlar