12 jan 19:00
Yangiliklar
Rafinya: "Agar Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi"
"Bu mavsumdagi eng yaxshi onlarimmi? Men hech qachon buni eng yaxshi onlarim deb aytmasdim, chunki o'zimga nisbatan talabchan insonman. Ayta oladiganim shuki, men har doim jamoa uchun bor kuchimni berishga intilganman — himoyada ham, hujumda ham yordam berishga va qo'limdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilaman.
Jamoamizda ko'plab yosh futbolchilar bor… SHunaqa fikrlash va doim g'alabaga intilish — klub uchun juda muhim. Biz sovrinlar uchun kurashamiz. Sen bu futbolkani kiygan ekansan, asosiy maqsading sovrinlarni qo'lga kiritish bo'lishi kerak… Biz buni yaxshi uddalayapmiz.
Bugungi kunda eng muhimi — jamoa ikkinchi taymga to'liq jamlangan holda qaytgani... Biz qilishimiz kerak bo'lgan ishni bajardik. Agar Xansi Flik kelmaganida, men "Barsa"dan ketgan bo'lardim. U hammasini o'zgartirdi. U menga muhim futbolchi bo'lishimni aytdi. Futbolchiga aynan shu kerak — ishonch", – dedi 29 yoshli braziliyalik futbolchi.
"Real"ga qarshi o'yinda Rafinya dubl qayd etdi, jumladan g'alaba golini ham urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar