15 fev 10:20
Yangiliklar
Futbol
Rafinya safga qaytishga yaqin
Rafinya "Barselona"ning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.
"As" malumotiga ko'ra, vinger "Barselona"ning umumiy mashg'ulotlarida qatnashgan, biroq keyinchalik uning shug'ullanishi cheklangan. Yakshanba kungi mashg'ulotdan keyin uning dushanba oqshomidagi o'yinda qatnashishi aniq bo'ladi. 16 fevral kuni "Barselona" derbida "Jirona"ga qarshi o'ynaydi.
Jamoa hujumchisi Markus Reshford derbini o'tkazib yuboradi. Uning tizzasida muammolari bor.

Havola :
Fikrlar