So’nggi yangiliklar

17:25Нурсултон Рўзибоевнинг жанги қайси вазнда ўтказилади? 0 17:04Кирсти Ковентри расман ХОҚ президенти лавозимига киришди 0 16:43Билол Муҳаммад: "Махачев Маддаленани кураши орқали енгиши мумкин" 0 16:22"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда + ФОТО 0 16:01ATP рейтинги. Медведев Топ-10`га қайтди, икки етакчимиз кўтарилди, қолганларда "минус" 0 15:40"Olympic" спорт клуби томонидан кураш бўйича очиқ чемпионат ташкил этилди 0 15:19UzChess Cup. Бешинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 14:58"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади 0 14:37Авазбек Холмирзаев Санжар Зокиров мағлуб этган япон спортчиси билан жанг қилади 0 14:16Қозоғистон спортни бюджетдан молиялаштиришга чекловлар қўйди ва легионер спортчилар олиб келишни тақиқлади 0 13:55Турки ал аш-Шейх Канело — Кроуфорд жанги ҳақида: "Бу боксдаги энг қиммат шартномали жанг" 0 13:34"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди 0 13:13Канело Кроуфорд билан стердаун пайтида ишкал чиқарди (ВИДЕО) 0 12:52Эронлик ёш таэквондочи Исроил билан уруш қурбони бўлди 0 12:31Боксчиларимиз WBC Гран-присидаги иккинчи ғалабалари орқали қанча пул ишлаб олди? 0

03 okt 17:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Ramzan Qodirov: “O'zbekistonni to'rt yoshimdan beri bilaman”

Ramzan Qodirov. Bu insonni nafaqat kuchli siyosatchi, davlat arbobi sifatida bilamiz, balki sportchi va sportning xaqiqiy fidoyisi ekanligiga ham guvox bo'lib kelyapmiz.

Uning “Axmat” promouterlik tashkiloti butun dunyoga malum va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan sportchilar professional yo'nalishda ulkan natijalarni qayd etib kelmoqda.

Albatta, buning zamirida Ramzan Qodirovning sportning xaqiqiy ixlosmandi ekani, qolaversa, yaratib berayotgan mukammal shart-sharoitlari mujassam. U rahbarlik qilayotgan promouterlik klubida bir necha nafar hamyurtlarimiz ham faoliyat olib borishgan va hozirda ham bu jarayon davom etmoqda.

Bizda kichik imkoniyat yuzaga keldi va undan unumli foydalangan xolda CHecheniston Respublikasi rahbari bilan sport borasida suhbat uyushtirishga muvaffaq bo'ldik. SHu o'rinda mazkur suxbatni tashkil qilishda beminnat yordam bergan “Axmat” promouterlik ligasining Osiyo mintaqasi prezidenti Nodir Qodirovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


- Ramzan Axmatovich, sizga quyoshli O'zbekistondan salom!

- Valaykum assalom, assalomu alaykum.  Butun O'zbekiston xalqiga o'zimning eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

- Sizning faoliyatingiz va sport borasidagi promouterlik klublaringizga bizda qiziqish juda yuqori. O'z o'rnida sizning o'zbek sportchilariga bo'lgan munosabatingiz qanday?

- Avvalo, takidlab o'tish lozimki, O'zbekiston dunyoning eng kuchli boks mamlakatlaridan biri. Havaskor boksda qanday natijalar qayd etayotganini ko'rib turibman va bundan juda ham xursandman. Boisi, O'zbekiston qardosh mamlakat va bu yurtga nisbatan mening mehrim cheksiz. Yurtingiz professional boksda ham yomon natija qayd etayotgani yo'q. Rossiya xududidagi professional boks kechalarida O'zbekiston vakillarini tez-tez uchrataman. Ularning havaskor boksdagi poydevori mustahkam ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Qolaversa, mamlakatingiz erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo yakkakurash turlarida ham jahonda o'z o'rniga ega. Ularni nomma-nom bilaman. SHu boisdan ham yurtingizdagi kuchli sportchilarga befarq emasman. Ularga omad va zafar yor bo'lsin.


- “Axmat” promouterlik kompaniyasi tarkibida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev ham harakat qilmoqda. Uning saviyasiga qanday baho berasiz?

- Nursultonni ikki yildan beri yaxshi bilaman. Janglarini kuzatib kelyapman. Bir so'z bilan aytganda, unda professional sportchiga xos barcha narsa bor. Kamtarin, raqiblariga nisbatan doimo hurmatni saqlaydi. SHunday jangchilar bor, saviyasi past, lekin ringda o'zini axmoqlarcha tutadi. O'ylaymanki, Nursultonni kelajagi porloq va hamkorligimiz uzoq vaqt davom etadi. Bu borada qanday yordam kerak bo'lsa, bunga tayyorman!

- Sir emas, hamyurtimiz Ruslan CHagaev bilan qadrdonsiz. Qolaversa, aynan siz uni yana katta boksga qaytargan edingiz. Uning faoliyatini yakunlashiga qanday munosabat bildirdingiz?

- Ruslan buyuk bokschi, uning ringda ko'rsatgan natijalariga faqatgina  xavas qilsa arziydi. Boksni tark etishi borasida esa bir nima deya olmayman. Boisi, bu uning shaxsiy qarori va tanlovi hisoblanadi. O'ylaymanki, bundan keyin ham uning boks olamiga katta nafi tegadi. Balki, kelajakda o'zidan-da, mohir shogirdlar etishtirib berar...


- Umuman olganda, o'zbek sportchi va murabbiylaridan yana kimlar bilan yaqindan tanishsiz? Ularning faoliyati sizga maqul keladimi?

- Bilasizmi, juda ko'p insonlarni taniyman va ularni yaxshi bilaman. Hozir nomma-nom sanasam, suhbatimiz uzoq davom etishi mumkin. Yuqorida takidlab o'tganimdek, boks, erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo sport turlarida kuchli murabbiylar va sportchilarga egasizlar. Ularning bazilarini shaxsan taniyman va faoliyatini yuqori baxolagan bo'lardim.

- Rossiyada MMA yo'nalishi bo'yicha uchta maktab bordek, nazarimizda. Birinchisi, bu Kavkaz maktabi, ikkinchisi Fyodor Emelyanenko maktabi va uchinchisi Aleksandr SHlemenko maktabi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q, mutlaqo qo'shilmagan bo'lardim. Faqat Kavkaz maktabi degan fikringizga qo'shilaman, xolos. CHunki, maktab bu umumiy tushuncha.  Fikringiz biroz bo'lsada to'g'ri bo'lishi mumkin, yani qaysi manoda-ki, Fyodor va Aleksandrning o'zlari hamda shogirdlari natijalar qayd etayotgani bor gap. Menimcha, siz shundan kelib chiqib fikr bildiryapsiz. Lekin maktab va klubni aralashtirmagan bo'lardim. Fyodor va Aleksandr juda kuchli jangchilar, ularga har doim xayrihox bo'lib kelganman. Lekin ulardan avval ham Rossiyada MMA maktabi mvjud bo'lgan. Kavkaz maktabi esa, bu boshqa tushuncha. Etibor bersangiz, bu mintaqada ko'plab Respublika mavjud va ular birgalikda o'ziga xos maktab hosil qilishgan. Rossiya promoushenlari orasida Kavkaz va Sibir maktabi vakillari hozirgi kunda UFC da yuqori natijalarni qayd etishmoqda.


- Balki rejangizda O'zbekistonda ham “Axmat” prmouterlik kompaniyasi musobaqalarini o'tkazish niyati bordir? Masalan, prof boksda?

- Bu reja emas, amalga oshirib bo'lingan voqeylik. CHunki, bizning “Axmat” promouterlik kompaniyasi ligasining Osiyo mintaqasi prezidenti Nodirshox Qodirov bir emas, bir necha bor bunday musobaqalarni tashkil qildi. CHempionlik kamarlari uchun kechgan janglarda vakillarimiz Apti Davtaev, Movsar Yusupovlar ringa ko'tarilishdi va g'alabaga erishdilar. Bu hali boshlanishi, o'ylaymanki, bu o'ziga xos ananaga aylanadi.

- O'tgan yili O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda CHecheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti Ahmadhoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan prof boks musobaqasi o'tkazildi. Bundan xabaringiz bormidi? Nima uchun, bu oqshomga CHechenistondan vakillar tashrif buyurmadi?

- Albatta, bundan xabarim bor. SHaxsan O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovni qattiq xurmat qilardim. Allox raxmatiga olgan bo'lsin! Bu musobaqa otamning ham xotira turniri ekanligini eshitib juda ham xursand bo'lganman. Musobaqaga to'xtaladigan bo'lsak, o'sha turnirda Movsar Yusupov chempionlik jangida kamarini himoya qilish uchun ringa ko'tarilishi kerak edi. Afsuski, uning raqibi jangga kela olmasligini bildirganidan so'ng, rejalarga o'zgartirish kiritilgan.


- Balki, qachonlardir O'zbekistonga tashrif buyurish va mamlakatimizning sport borasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishish uchun vaqt topa olarsiz?

- O'zbekiston haqida to'rt yoshimdan buyon tasavvurga egaman. CHunki, otam Alloh raxmatiga olsin, Axmadhoji Qodirov sizning yurtingizda talim olgan. O'zbek xalqini tarixidan, milliy qadriyatlaridan xabardorman. Qolaversa, xalqingizning mehmondo'stligi, samimiyligi va pazandaligini ham yaxshi bilaman. Samarqand, Buxoro shaharlarining ham tarifini ko'p eshitganman. Bir so'z bilan aytganda, menda mamlakatingizga tashrif buyurish uchun etarlicha sabablar bor. Agar xukumatingiz tomonidan taklif bildirilsa, buni xursandchilik bilan qabul qilgan va albatta, mexmonga borgan bo'lardim.

- “Axmat” promouterlik kompaniyaning Osiyodagi vakillari faoliyati borasida etirozingiz yo'qmi?

- Mutlaqo yo'q. Nodirshox Qodirovni yaxshi taniyman, insoniylik jihatlariga ham gap bo'lishi mumkin emas. O'z ishining ustasi sifatida bilaman. Qolaversa, Nodirshox boshchiligidagi murabbiylarning faoliyatidan ham ko'nglim to'ladi. Ular halol insonlar. Bir nechta davlatlarni birlashtirib, albatta, bizning promoushenimiz qoshida va sport borasida ularning faoliyatini munosib tarzda boshqarib kelayotganigi ham faoliyatiga yuqori baho, desam yanglishmagan bo'laman. Bu insonlarga nisbatan menda minnatdorchilik tuyg'usi bor, xolos.

- Mamlakatimizning yakkakurash olamidagi birinchi raqamli sportchisi deganda, ko'z oldingizda kim gavdalanadi, Rossiyada-chi?

- Keling, bu fikrim o'zimda qolsin. CHunki, menga nisbatan yuqori hurmatda bo'lgan sportchilarning saviyasiga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo'laman. Albatta, bu shaxsiy fikrim.


- O'zbek milliy kurashi, o'zbek jang sanati borasida malumotga egamisiz? Agar, malumotga ega bo'lsangiz, balki CHechenistonda ham bu sport turini rivojlantirish imkoniyati bordir?

- Milliy kurashinglar borasida etarlicha malumotga egaman. Lekin o'zbek jang sanati borasida biroz kamtarinroq tasavvurga egaman. Albatta bo'ladi. Nega endi yo'q? Lekin buning uchun maxsus dasturlar bilan siz tomoningizdan murojaat bo'lsa bas. Albatta, ko'rib chiqamiz.

- Ramzan Axmatovich, sizni O'zbekistonda hurmat qilguvchi insonlarga aytar so'zingiz?

- Menda bu yurtga, bu xalqga nisbatan muhabbatim cheksiz. Bu yurt allomalar yurti, otamning ustozlari yurti. SHunday ekan, o'zbek xalqiga doimo tinchlik, xotirjamik tilayman. Har bir sohada muvaffaqiyatlar yor bo'lsin!

Ahmad ESHMATOV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

   
03 okt 18:02:29
EAbdumalik
Чиндан хам спорт фидойиси!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing