18 iyu 15:20
Yangiliklar
Tennis
Raonichga 47 ta eys yordam berdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha Queen's Club turniri davom etmoqda.
ATP reytingida 186-pog'onada borayotgan kanadalik Milosh Raonich ilk davrada dunyoning 39-raketkasi bo'lib turgan britaniyalik Kemeron Norri ustidan irodali g'alabaga erishdi - 6/7(6), 6/4, 7/6(9).
Raonich tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi. Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda kanadalik oz emas, ko'p emas, 47 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Norrida bu ko'rsatkich 12 tani tashkil qildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar