19 mar 10:30
Yangiliklar
Tennis
Rasman: Barcha tennis musobaqalari 7 iyunga qadar bekor qilindi
Nihoyat, ATP va WTA rahbariyati o'zaro kelishgan holda bir qarorga keldi.
Kelishuvga ko'ra, barcha ATP va WTA turnirlari 7 iyunga qadar o'tkazilmaydigan bo'ldi. Yangi mavsumda “Rolan Garros”dan boshqa barcha qumli kortlarda o'tkaziladigan musobaqalar bekor qilindi.
Avvalroq, “Rolan Garros” tashkilotchilari turnirni sentyabrga ko'chirganliklari haqida xabar berishgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar