29 may 12:50
Yangiliklar

Rasman. Deontey Uaylder revansh jangida ringga chiqadi
Bu malumotni jahon chempionining o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida tasdiqladi. Uaylder kubalik Luis Ortisga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
"Barcha muxlislarimga muhim xabarni elon qilmoqchiman. Keyingi jangim Luis Ortisga qarshi bo'lib o'tadi. Biz ikkimiz ham revansh jangi shartnomasiga imzo chekdik. Joy manzili va sanasi tez kunda elon qilinadi", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Uaylder va Ortis o'rtasidagi ilk jang 2018 yilning mart oyida o'tkazilgandi. Ettinchi raundda Deontey nokdaun holatiga tushib qolgan va zo'r-bazo'r nokautdan chiqib ketgandi. O'ninchi raundda esa ikkita nokdaundan so'ng referi jangni to'xtatib, Uaylderning g'alabasini taminlagan edi. O'shanda Deonteyning gonorari 2,5 mln, Ortisniki esa 500 000 dollarni tashkil qilgandi.
Los Angeles Times nashri tomonidan berilgan, lekin tasdiqlanmagan malumotlarga qaraganda, revansh jangi sentyabr oyida Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi. Hozircha Staples Center arenasida 7 va 28 sentyabr kunlari bo'sh turibdi.
Fikrlar