04 fev 13:23
Yangiliklar
Futbol
Rasman: "Fenerbaxche" N'Golo Kante bilan shartnoma imzoladi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Al-Ittihod" jamoasi markaziy yarim himoyachisi N'Golo Kante bilan shartnoma imzolaganini rasman malum qildi.
"Bazi hikoyalar vaqt talab qiladi, ammo yakunlanmay qolmaydi. Bizning "Fenerbaxche"mizga xush kelibsiz, N'Golo Kante", — deb yozdi klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq insayder Fabricio Romano "Fenerbaxche" va "Al-Ittihod" hujjatlarni rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolardan keyin transfer bo'yicha FIFAdan "yashil chiroq" olganini xabar qilgandi.
Malum qilinishicha, futbolchi va turk klubi o'rtasidagi shartnoma 2028 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab kelishuv transfer oynasi davrida rasmiylashtirilmagan edi. SHundan so'ng turk klubi "Al-Ittihod" rahbariyatini transfer barbod bo'lishida ayblagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar