04 noy 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Fyuri Uaylderning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylandi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) britaniyalik Tayson Fyurini ushbu tashkilot chempioni Deontey Uaylderning kamariga rasmiy davogar deb elon qildi.
Bunday qaror qabul qilinishiga Dillian Uaytdan olingan doping-tahliliyning ijobiy natija bergani sabab bo'lgan. Bu malumotni shaxsan WBC prezidenti Maurisio Suleyman tasdiqladi.
Dillian Uayt shu yilning iyul oyida Oskar Rivasni mag'lub etganidan so'ng Uaylderning chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylangan edi. Lekin Uaytining qonida taqiqlangan modda aniqlandi.
SHu tariqa Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasida 2020 yilning fevral oyida o'tkaziladigan jang rasman chempionlik maqomida bo'ladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar