13 jan 09:24
Yangiliklar
Futbol
Rasman. Italiyalik futbolchi faoliyatini "Bunyodkor"da davom ettiradi
Antaliyadagi yig'in davomida "qaldirg'ochlar" tarkibiga xorijdan futbolchi kelib qo'shildi.
"Bunyodkor" italiyalik futbolchi Federiko Bottini o'z safiga qo'shib olganini elon qildi.
"Umid qilamizki, Federiko darvozamizni munosib qo'riqlab, jamoamizning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi", - deya fikr bildirilgan klub tomonidan berilgan xabarda.
Malumot uchun, 23 yoshli darvozabon Transfermarkt nashrining malumotlariga ko'ra so'nggi jamoasi Seriya B vakili "Mantona" klubi ekan. Transfermarkt nashri darvozabonni 100 ming evroga baholagan.



Havola :
Fikrlar