09 fev 17:09
Yangiliklar
Rasman: Laporta istefoga chiqdi
Bu haqda klubning rasmiy sayti saylov oldidan ustav talablariga muvofiq ravishda xabar qildi.
Laporta saylov kampaniyasiga etibor qaratish uchun bugungi boshqaruv kengashi yig'ilishida o'z lavozimini tark etdi. U bilan birga uning saylov ro'yxatiga kirgan boshqaruv azolari, jumladan Elena Fort va Joan Soler ham istefoga chiqdi.
"Barselona" prezidenti saylovi 2026 yil 15 mart kuniga belgilangan. Amaldagi prezident ovoz berishdan oldingi belgilangan davr uchun o'z vakolatlarini to'xtatib turishi shart.
Keyingi qadam — saylov kampaniyasining rasman boshlanishi. Nomzodlar fevral oyi davomida o'z dasturlarini taqdim etadi. Yangi prezident 15 mart kuni klub azolari ishtirok etadigan saylov orqali aniqlanadi.

Fikrlar