21 may 12:21
Yangiliklar

Rasman. Las-Vegasga UFC qaytmoqda, turnir 30 may kuni o'tkaziladi
Bu malumotni UFC prezidenti Dena Uayt tasdiqladi. Promoushenning navbatdagi turniri 30 may kuni aynan AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Lekin hozircha Nevada shtati Atletik komissiyasi shtat hududida sport tadbirlarini o'tkazish uchun rasman ruxsat bermagan. Ammo, Uaytning so'zlariga ko'ra komissiya Las-Vegasda muxlislarsiz UFC janglarini o'tkazish g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi.
30 may oqshomidagi markaziy jang sobiq UFC chempioni Tayron Vudli hamda Gilbert Berns o'rtasida o'tkaziladi. UFC bungacha bir hafta ichida uchta turnir o'tkazgandi: 9 may kuni UFC 249, 14 mayda UFC Fight Night 171, 16 may sanasida esa UFC Fight Night 172. Bu uchchala turnirga Florida shtatining Jeksonvill shahri mezbonli qilgandi.
Fikrlar