09 may 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Lomachenko WBC kamari uchun jang o'tkazadi
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenkoning so'rovini qabul qildi.
Endi ukrainalik bokschi engil vazn toifasida uchinchi chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. WBC chempioni bo'lib kelgan Mayki Garsiya o'z xohishiga ko'ra kamardan voz kechgandi.
WBC qaroriga ko'ra endi Vasiliy Lomachenko ushbu chempionlik kamariga rasmiy davogar bo'lib turgan britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi jang o'tkazadi. Hozircha jang sanasi va manzili haqida malumot yo'q.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar