07 apr 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Rasman. Mahmud Muradovning UFC 249 turniridagi ishtirokiga oydinlik kiritildi
18 aprel kuniga belgilangan UFC 249 turniri koronavirus pandemiyasiga qaramasdan o'tkaziladigan bo'ldi.
Buni tashkilotchilar rasman tasdiqlashdi. Ushbu oqshom doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov ham o'z jangini o'tkazishi kerak edi. Buxorolik aralash qoidalar ustasining UFCdagi uchinchi jangida Karl Robersonga qarshi oktagonga ko'tarilishi belgilangandi.
Lekin Muradov ishtirokidagi jang rasman o'tkazilmasligi malum qilindi. Tashkilotchilar tasdiqlagan oqshomning to'liq janglari ro'yxatida Muradov - Roberson to'qnashuvi yo'q. Yaqinda ota bo'lishi kutilayotgan Mahmud ayni paytda Pragada bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar