16 fev 15:32
Yangiliklar
Rasman: "Mashal" ganalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi
"Klub rahbariyati ganalik markaziy yarim himoyachi Abdul Rashid Abubakar bilan shartnoma imzoladi.
2000 yil 16 mart kuni tavallud topgan (25 yosh) futbolchi maydon markazida ishonchli harakatlari, yuqori jismoniy tayyorgarligi va universalligi bilan ajralib turadi. U markaziy yarim himoyachi poziciyasidan tashqari tayanch hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida ham samarali o'ynay oladi. Bo'yi 178 sm bo'lgan Abubakar o'ng oyoqli futbolchi hisoblanadi.

Abdul Rashid Abubakar professional faoliyatini "Accra Lions" klubida boshlagan. Keyinchalik u xalqaro maydonlarda to'p tepib, turli mamlakat chempionatlarida tajriba orttirdi. Xususan, Bosniya va Gercegovinada "Saraevo" safida, Serbiyada "Loznica" jamoasida, O'monda "Bahla", Moldovada "Spartanii Selemet" klublari sharafini himoya qilgan. SHuningdek, Qozog'iston Premer-ligasida "Ordabasi" hamda "Atirau" jamoalari tarkibida ishtirok etgan.
Futbolchi "Mashal" safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 100 ming evroga baholanmoqda", – deyiladi xabarda.
Fikrlar